IELTS band kalkulyatori
IELTS band score kalkulyatori: to‘g‘ri javoblar sonini kiriting — Listening va Reading bandi hamda umumiy (overall) band darhol hisoblanadi. Academic va General Training.
Band qanday hisoblanadi?
Listening va Reading'da har bir to'g'ri javob 1 ball, jami 40 ball. Bu xom ball rasmiy jadval bo'yicha 0–9 bandga o'giriladi. Jadval har bir test uchun biroz farq qilishi mumkin, shuning uchun natija taxminiy.
Writing va Speaking esa imtihonchi tomonidan 4 ta mezon bo'yicha baholanadi.
Umumiy band — to'rt bo'lim o'rtachasi, eng yaqin 0.5 ga yaxlitlanadi. Masalan: Listening 7.0, Reading 6.5, Writing 6.0, Speaking 6.5 → o'rtacha 6.5 → overall 6.5.
Haqiqiy bandingizni bilish uchun Vocably'da to'liq mock test topshiring — javoblar avtomatik tekshiriladi, Writing va Speaking esa AI tomonidan baholanadi.
Ko'p so'raladigan savollar
IELTS Listening’da 30 ta to‘g‘ri javob qancha band?
Odatda 30/40 — band 7.0.
IELTS Reading Academic’da 35 ta to‘g‘ri javob qancha band?
Odatda 35/40 — band 8.0.
Umumiy band qanday yaxlitlanadi?
To‘rt bo‘lim o‘rtachasi: .25 bo‘lsa .5 ga, .75 bo‘lsa keyingi butun songa ko‘tariladi; qolgan holatda pastga yaxlitlanadi.
General Training Reading nega boshqacha hisoblanadi?
GT matnlari osonroq, shuning uchun bir xil bandga ko‘proq to‘g‘ri javob kerak (masalan band 7 uchun ~34/40).
IELTS'ga Vocably bilan tayyorlaning
Reading, Listening, Writing, Speaking va mock imtihon — bepul boshlang.